QARSHI UNIVERSITETI — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan, 1992 yil 15-martda Qarshi ped. instituti (1956-yilda asos solingan) negizida Qarshi shahrida tashkil etilgan. Untda 13 ft (mat. va axborot texnologiyalari, fizika, kimyogeogr., iqtisodiyot, biol. tuproqshunoslik, kasbiy taʼlim, tarix va oʻzbek filol. si, xorijiy tillar, ped. psixologiya, jismoniy madaniyat, sirtqi taʼlim, maxsus sirtqi taʼlim, malaka oshirish), 53 kafedra, 16 oʻquv lab., 5 ilmiy lab., 8 ilmiy markaz, «Yoshlar markazi», xalqaro aloqalar boʻlimi, kutubxona (550 mingdan ortiq asar), bosmaxona bor (2005). Untda 31 yoʻnalish (geogr. va iqtisodiy bilim asoslari; ped. va psixologiya; transport vositalarini ishlatish va taʼmirlash; yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi; mashina texnologiyalari; mashina ishlab chiqarish jihozlari va avtomobil sozlash; muhandislik kommunikatsiya qurilmalari; issiqlik energetikasi; musiqiy taʼlim; huquq va maʼnaviyat asoslari; boshlangʻich taʼlim; jismoniy madaniyat; oʻzbek tili; ingliz tili; fransuz tili; nemis tili; rus tili; tarix; psixologiya; iqtisodiyot; moliya; biol. ; fizika; astronomiya; kimyo; geogr. ; mat. ; amaliy mat. ; informatika va axborotlash texnologiyasi; agrokimyo va agrotuproqshunoslik; ekologiya va tabiatdan foydalanish) boʻyicha bakalavrlar, 17 ixtisoslik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 1993-yildan aspirantura faoliyat koʻrsatadi (9 mutaxassislik boʻyicha). 2004/05 oʻquv yili untda 7300 talaba taʼlim oldi, 535 oʻqituvchi, jumladan, 22 fan d-ri va prof., 169 fan nomzodi va dotsent ishladi. un-t faoliyati G. Xudoyberganov, M. Ochilov, O. Joʻraqulov, B. Aminov, Sh. Qurbonov, B. Hayriddinov, A. Vardiyashvilli, S. Mustafoyev, D. Toʻrayev, P. Ravshanov, B. Yoʻldoshev, A. Jabborov va boshqalar prof. oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Untda «Qarshi universiteti» gaz. (1966-yildan), «Nasaf ziyosi» jur. (2004-yildan) nashr etiladi. 2001-yildan noshirlik markazi faoliyat yuritadi; u un-t prof. oʻqituvchilarining monografiyalari, darslik, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarini nashrga tayyorlaydi. 2005-yilgacha un-t 40 mingga yaqin mutaxassis tayyorladi.
Obod Joʻraqulov.