QARAGʻAYDOSHLAR

QARAGʻAYDOSHLAR — ochiq urugʻlilar tipiga mansub oila. Ignabargli daraxt va butalardan tashkil topgan. Qaragʻaydoshlarning urugʻchi qubbalari kichik qoplovchi va katta tangacha barglardan iborat. Qubba yetilgach, yogʻoch lanadi. U butunligicha yoki boʻlinib toʻkiladi. Koʻpchilik turlari changida ikkita havo pufakchalari bor. Urugʻlari qanotli, urugʻ kurtaklari esa teskari. Urugʻchi va changchi qubbalari doimo bir oʻsimlikning oʻzida joylashadi. 2000 dan ortiq turni oʻz ichiga olgan 9 turkumi bor. Koʻpchilik turlari Shim. yarim sharning oʻrta mintaqasida tayga oʻrmonlarini hosil qiladi. Oʻzbekistonda qaragʻay, qora qaragʻay, tilogʻoch, pixta va kedr kabi turkumlarning bir necha turlari uchraydi. Toshkent va boshqalar shahar koʻchalarida ayrim dekorativ turlari oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x