KIMYOVIY MUVOZANAT

KIMYOVIY MUVOZANAT — toʻgʻri va teskari reaksiyalar tezligi tenglashgan holat. Mac, N2+3H2 p±2NH3 reaksiyasida azotning vodorod bilan birikish (toʻgʻri reaksiya) tezligi ammiakning azot va vodorodga parchalanish (teskari reaksiya) tezligiga teng. Kimyoviy muvozanat sodir boʻlganda reaksiya goʻyoki toʻxtab qolgandek koʻrinadi, aslida ikkala reaksiya ham davom etadi, biroq bu reaksiyalarning biri ikkinchisining natijasini yoʻqqa chiqaradi. Mohiyatiga koʻra, Kimyoviy muvozanat dinamik muvozanatdir. Oʻzgarmas muhit (kislotali yoki asosli) va sharoitda (t-ra, bosim) reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyasining oʻzgarmasligi Kimyoviy muvozanatning muhim belgisidir. Kimyoviy muvozanatni oʻrganish nazariy tadqiqotlar va turli amaliy masalalarni hal qilishda katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x