QARAGʻANDA

QARAGʻANDAQozogʻiston Respublikasi Qaragʻanda viloyatidagi shahar (1934-yildan), viloyat markazi. T. y. stansiyasi. Aholisi 424,2 ming kishi (2002). Shahar Qaragʻanda koʻmir havzasining markazida shaxtyorlar shaharchasi sifatida vujudga kelgan. 1936-yildan Qaragʻanda viloyati markazi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — koʻmir qazib olish. Mashinasozlik zdlari ishlab turibdi, konshaxta jihozlari va metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Yengil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, qurilish materiallari korxonalari, issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. Qaragʻanda bir necha massivlardan iborat, bular: Eskishahar (19-asrning 2-yarmi), Yangishahar, Moyquduq, Katta Mixaylovka, Fyodorovka va boshqalar). Hozirgi Qaragʻandaning markazi — Yangishahar. Qozogʻiston Fanlar Akademiyasining boʻlimi, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x