QAPCHIGʻAY USTAXONASI

QAPCHIGʻAY USTAXONASIpaleolit davriga oid (chaqmoqtoshga ishlov beruvchi) ustaxona. Fargʻonadan 40 km jan. da Oloy tizmasining shim. qiyaligidagi Dangarak dara soyida joylashgan. 1956-yilda ochilgan. 1958 — 59 yillarda Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya intining A. P. Okladnikov rahbarligidagi otryadi tekshirgan. Qapchigʻay ustaxonasidan tosh qurollar, nukleuslar topilgan. Qurollar baland togʻ choʻqqisi qatlamlaridagi yuqori sifatli har xil chaqmoqtoshlardan yasalgan. Qurollar yasash va toshga ishlov berish uchun chaqmoqtoshning yirik siniqlaridan choʻkich sifatida foydalanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x