QANDIL

QANDIL — osma chiroq turi; bir yoki bir necha sham yoki lampochka qoʻyiladigan turlari bor. Metall, plastmassa, ganch va boshqalar xom ashyolardan yasaladi. Qning shiftga va devorga oʻrnatiladigan turlari boʻlib, ular bir yoki bir necha qismlar birikmasidan iborat boʻladi. Oʻzbekiston hududida qadimdan saroy, madrasa va boshqalarni yoritish uchun sopol, mis, jez, ganch Qandillar yasalgan va ulardan keng foydalanilgan. Amir Temur maqbarasi, Shohizinda, Qusam ibn Abbos ziyoratxonalarida noyob Qandillar boʻlganligi maʼlum. 20-asrda, shuningdek, amaliy sanʼat ustalari tomonidan nafis jozibador ishlangan ganch Qandil keng tarqala boshladi (Ussha Shirin Murodov, T. Arslonqulov, A. Muxtorov va boshqalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x