QAMOQQA OLISH

QAMOQQA OLISHjinoyat protsessida jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov qilish va sudda ishni koʻrish davrida ehtiyot chorasi tariqasida shaxs ozodligini majburiy cheklash (tergov hibsxonasida) tarzidagi ehtiyot choralaridan biri. Ehtiyot chorasi sifatida Qamoqqa olish gumon qilinib ushlab turilgan shaxsga va ayblanuvchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 242modsasida belgilangan asoslar mavjud boʻlganda qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha qoʻllaniladi. Soʻnggi yillarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari kuchaytirilishi natijasida ushbu ehtiyot chorasini qoʻllash doirasi cheklandi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatiga nisbatan; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatiga nisbatan; Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlariga nisbatan — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa sudlari yeudyalariga nisbatan — tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining roziligi bilan; prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori roziligi bilan qoʻllanilishi mumkin. Qamoqda saqlab turish muddati ish tergov qilinayotganda 3 oydan ortiq davom etishi mumkin emas, alohida hollarda esa, 1 yilgacha uzaytirilishi mumkin. Qamoqda qonunga xilof ravishda saqlab turish tufayli shaxsga yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan boʻlsa yoki reabilitatsiya uchun asoslar boʻlsa, toʻliq hajmda qoplanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga oʻtkazish toʻgʻrisida»gi farmoni (2005 yil 8 avg.) ga koʻra, jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi 2008-yil 1 yanv. dan eʼtiboran sudlar vakolatiga oʻtkaziladi. Anashufarmon bilan Qamoqqa olish qonunda belgilangan boshqa ehtiyot choralarini qoʻllash samarasiz boʻlgan alohida holatlarda va faqat jinoyat ishlari boʻyicha sudlar yoki harbiy sudlar vakolatiga muvofiq ularning qarori boʻyicha amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi. Bu hol fuqarolarning huquq va erkinliklari daxlsizligi hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʻyishga hech kim haqli emasligi koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsipi va normalariga toʻla mos keladi. Zumrad Inogʻomjonova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x