QALQONOTA YODGORLIKLARI

QALQONOTA YODGORLIKLARINurota yoʻlidan 8 km uzoqlikdagi Qalqonota qishlogʻi atroflaridan topilgan arxeologik yodgorliklar majmui (mil. av. 6—5-asr va mil. 6—7asr). Qalqonotadan 400 m jan. da Qoʻzimontepa shahri xarobasi (mil. av 6—5-asr — mil. 6—7-asr) joylashgan. Qoʻzimontepada bal. 16 m. umumiy hajmi 50×20 m li qoʻrgʻon saqlanib qolgan. Qoʻrgʻonning shim. da bal. 7 m, umumiy hajmi 100×60 m li shahriston boʻlgan. Qoʻrgʻon va shahriston mustahkam devor bilan oʻralgan. Qalqonota qishlogʻi shim. idagi adirlar yaqinida turli davrga oid 300 ga yaqin kattakichik mozorqoʻrgʻonlar joylashgan. Qoʻrgʻonlarda marhumlarni dafn qilishning turli davrlarga oid 4 ta guruhi aniqlangan:

1) mil. av. 6—5-asrlarga oid doira shaklidagi qoʻrgʻonlar. Ularning bal. 30 sm dan 70 sm gacha, diametri 5 m dan 10 m gacha. Tepalik tagida chuq. 30 sm dan 1 m gacha, uz. 180— 210 sm, eni 50—80 sm lik tuxumsimon mozor oʻrasi topilgan. Dafn qilingan jasad chalqanchasiga, kallasi shim. ga qaratib, oyoqqoʻllari butun tanasi boʻylab choʻzilgan holatda yotqizilgan. Oʻralardan axomaniylar davriga oid idishlar, temir pichoq, mis va nefrit munchoqlar, boʻyoq qirgʻichlar topilgan;

2) mil. av. 1 va mil. 1-asrlarga oid qoʻrgʻonlarda katakomba usulida marhumlar dafn etilgan. Tepalikning diametri 30 m, bal. 1,5 m ga yaqin. Toʻgʻri burchakli 80 sm lik dafn boʻlmasiga kirish yoʻlagi (dromus) topilgan. Dromusdan chuq. 3,5 m, bal. 16 m, eni 3 m tuxumsimon shakldagi dafn etish xonasi topilgan. Unda mil. av. 1 a. ga oid sopol buyumlar, kiyim parchalari saqlangan;

3) mil. 5—6alarga oid qoʻrgʻonlarda marhumlar kuydirilgan holda guruhguruh dafn etilgan. Qoʻrgon diametri 20 m, bal. 1,3 m lik tepalikdan iborat. Tepalik tagidan toʻgʻri burchakli Zx 1,75 sm li mozor oʻra topilgan. Oʻraga shim. gʻarbiy tomondan uz. 2 m lik keng zinapoyali dromus tushirilgan. Oʻraning sathi tekis shibbalanib, unga kuydirilgan jasadlar qoʻyilgan. Bundan 35 ta kuydirilgan bosh va tana suyaklari, kul va koʻmir aralashmalari, jezdan yasalgan uzuklar, munchoklar, Marvda zarb qilingan sosoniylar davriga oid kumush tangalar topilgan;

4) 6—7-asrlarga oid qoʻrgʻonlar. Diametri 5 m, bal. 20 sm gacha boʻlgan 2 ta otashparastlarga xos boʻlgan qoʻrgʻon ochilgan. Birinchi qoʻrgʻondan bir-biriga qarama-qarshi turgan ichida jasadning kalla va qoʻpoyoq suyaklari boʻlgan 2 ta sopol xum topilgan. Ikkinchi qoʻrgʻondan bal. 50 sm lik ichida erkak kishi va bolaning kalla suyagi va boshqalar suyak parchalari bor xum topilgan. Xum uch tarafdan mayda sopol idishlar bilan oʻrab olingan (yana q. Karmana).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x