QALQONDORLAR

QALQONDORLARkoksidlar kenja turkumiga mansub tengqanotli soʻruvchi hasharotlar oilasi. Yer yuzida keng tarqalgan. 1300 ga yaqin turi maʼlum. Tanasining uz. 2 mm cha, mumli qalqon bilan qoplangan (nomi shundan). Qalqondorlar keskin jinsiy dimorfizmga ega. Urgʻochilarining qanot va oyoqlari, odatda, moʻylovi, koʻzi ham boʻlmaydi. Erkagi urgʻochisidan kichik, oldingi juft qanoti bor. Ogʻiz apparati soddalashgan, moʻylovi va oyogʻi yaxshi rivojlangan. Urgʻochisi 20—170 tuxum qoʻyadi. Lichinka va katta yoshdagilari oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi. Qalqondorlarning olma vergulsimon qalqondori (Nergskjargpa i1ti.), kaliforniya qalqondori (01aas1ga§ryugi8 Regtsyuo8i8 Sapgz1ok), binafsharang kalqondor (RagMopa o1ea so1ua) turlari meva va sitrus daraxtlariga, choy butalariga hamda hosiliga katta zarar yetkazadi va karantin obyekti hisoblanadi. Koʻpchilik turlari ekinzor dalalar atrofidagi ihota mintaqalariga ekilgan daraxtlar va boshqalarni zararlaydi. Kurash choralari: qurigan va shikastlangan shox hamda novdalarni yoʻq qilish; bahorda daraxtlar kurtak chiqarguncha va quzda, baʼzi hollarda yozda insektitsidlar (karbofos, konifidor, donadin va boshqalar) bilan ishlov berish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x