QALAY OʻLATI

QALAY OʻLATI — oq qalayning kulrang qalayga shakl oʻzgarishi ((5—>a). Odatdagi oq qalay kulrang qalayga (13,2° dan yuqori trada) aylanganda hajmi (25% ga) kengayib (R8p ning zichligi a8p nikiga qaraganda katta), kukunga aylana boshlaydi. Bu hodisa Q. oʻ. deyiladi. Qalayli buyumlarning sovuqda yemirilib, kukunga aylanib ketishining (—33° da Qalay oʻlati ayniqsa tezlashadi) sababi ana shu. Qoʻrgʻoshin va boshqalar koʻpgina aralashmalar Qalay oʻlatini toʻxtatadi. Yonilgʻi idishlarning qalay bilan kavsharlangan joyidagi qalayning «qalay oʻlati»ga uchrab yemirishi natijasida Janubiy qutbda R. Skott ekspeditsiyasi 1912-yilda halok boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x