QALANDAR

QALANDAR — 1) tarki dunyo qilgan, goʻshanishinlikka berilgan odam, sufiy; tasavvuf yoʻliga kirib, darbadarlik va xayrehson bilan kun kechiruvchi kishi. «Q» istilohi sufiylarning asarlarida zikru samoʼ orqali Allohga ruhan yaqinlashib, fakru fanoga va haqiqatga eryshish maqsadida oʻz jismini va qalbini poklashga intilgan darvishlarga nisbatan qoʻllanilgan. Q muayyan jamoa (suluk)ga birlashib, uning taʼlimotini targʻib etgan, oʻz murshidi (shayx, eshon yoki pir)ning koʻrsatmalarini bajarishi shart hisoblangan.

2) Xiva xonligida saroy xizmatchilari. Xon tantana bilan safarga chiqqan vaqtlarida, serhasham janda kiygan Qalandarlar marosimning oldida piyoda borishgan. Xon qalandarxona yonidan oʻtib qolsa, Qlar pirining madhini eshitmoq uchun albatta toʻxtashgan. Xonni maqtagan, safarga chiqishda unga tantanali tus bergan. Saroyda 10—22 Qalandar boʻlgan.

Oʻrta Osiyoda Qalandar larning faoliyati bilan bogʻliq qalandarxona va xonaqohlar mavjud boʻlgan. Qalandarlar Sharqdagi musulmon davlatlarida, jumladan, Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron va Afrikaning ayrim mamlakatlarida hozir ham bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x