QALʼALIQIR

QALʼALIQIR — qadimiy Xorazm hududidagi shahar xarobasi (mil. av. 6—4-asrlar). Toshhovuz viloyati (Turkmaniston) hududida, qadimiy Chirmonyop kanali boʻylarida joylashgan. 1939 yil S. GT. Tolstov tomonidan tadqiq etilgan. 1950-yilda Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi tomonidan qayta tadqiq qilingan. 1953 va 1958-yilda Yu. A. Rappoport rahbarligida tekshiruv ishlari olib borilgan. Qalʼaliqir 2 ta yirik shahar xarobasi (Q.1 va QN)dan iborat. Qalʼaliqir1 toʻgʻri toʻrtburchaksimon shaklda, hajmi 1100×700 m. Q. P esa uchburchaksimon (tepalik shakliga koʻra) boʻlib, mayd. 1000×400 m. Shahar xarobalarining ichki yuzasida madaniy qatlam mutlaqo uchramaydi. Bu joy chorva saqlanadigan qoʻra vazifasini oʻtagan (q. Var). Shahar aholisi mudofaa devoriga joylashgan usti gumbaz bilan yopilgan yoʻlaksimon tor xonalarda yashaganlar. Qalʼaliqirda 2 ta parallel ichki yoʻlaksimon turar joy xonalari topilgan. Qalʼaliqirning boshqa qismida turar joylar aniqlanmagan. Shim. devor oldidagi koʻp xonali bino dafn inshooti — «oʻliklar uyi» boʻlib, unda loydan yasalgan katta idishlarda (ossuariylar) mayyitlarning suyaklari saqlangan. Avestoda xuddi Qalʼaliqir dagi kabi yoʻlaksimon turar joylar, kvadrat shakldagi varlar haqida aytib oʻtilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x