PYOTR III

PYOTR III Fyodorovich, Karl Pyotr Ulrix [1728.10(21).2, Kil, Germaniya — 1762.7(18).7, Ropsha, Peterburg yaqinida] — Rossiya imperatori (1761—62). Nemis gersogi Karl Fridrix va Pyotr I ning qizi — Anna Petrovnaning oʻgʻli; Yekaterina II ning eri. Rossiyaning milliy manfaatlariga qarshi Prussiya bilan sulh tuzgan, bu sulh Yetti yillik urushda rus qoʻshinlarining gʻalabasi nati-jalarini yoʻqqa chiqargan. Armiyaga nemis tartiblarini joriy qilgan. Xo-tini Yekaterina tomonidan uyushtirilgan toʻntarish natijasida taxtdan tushirilgan va oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x