PUSSEN

PUSSEN (Poussin) Nikola (1594, iyun, Normandiya — 1665.19.11, Rim) — fransuz rassomi, 17-a. sanʼati klassitsizmining eng yirik namoyandasi. Qad. Dunyo sanʼati, shuningdek, Rafael, Titsian, manyerizm rassomlari, bolonya maktabi ustalari asarlarini oʻrgangan, perspektiva, shuningdek, anatomiya va matematika bilan shugʻullangan. 1612-y. da Parijga koʻchib oʻtgan, keyinroq 1624— 40 va 1642-y. dan Rimda ishlagan. Pussen tarixiy, mifologiya, madaniy va adabiy mavzularga bagʻishlangan asarlarida inson goʻzalligi, aqli va olijanobligini tarannum etdi: «Rinaldo va Armida» (1625—27), «Xochdan olish» (taxm. 1630), «Flora saltanati» (taxm. 1631—32), «Arkadlik choʻponlar» (taxm. 1650) va b. 40-y. lar oxiridan tabiatni tasvirlashga eʼti-borni kuchaytirdi, manzara janrida ajoyib asarlar yaratdi («Yil fasllari», 1660—64 va b.), «Avtoportret» (1650) da inson shaʼni, vazminligi, mehnatiga ishonch mahorat bilan tasvirlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x