PUNA

PUNA — Hindistondagi shahar, Ma-harashtra shtatida. Dekan yassitogʻligining shim.-gʻarbiy qismida, Mutha va Mula daryolarining qoʻshilish yerida joylashgan. Aholisi 3,1 mln. kishi (2001). Gʻarbiy Gat togʻining Borgxat dovonidan oʻtgan magistraldagi muhim transport yoʻllari tuguni. P. Mumbay bilan iqtisodiy jihatdan bogʻliq boʻlgan, tez oʻsib borayotgan savdosanoat markazi. Mashinasozlik, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, qogʻoz, kimyo, farmatsevtika sanoati korxonalari; un-t (1949) bor. M. qadimda, marathlar shahri boʻlgan. 17-a. da Marath sultonligi poytaxti. Meʼmoriy obidalaridan oʻrta asrlarda qurilgan Shanvar-Petx qalʼasi qoldiqlari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x