PUGACHYOVA Alla Borisovna

PUGACHYOVA Alla Borisovna (1949.15.4, Moskva) — rus estrada xonandasi. Xalq artisti (1991). Moskvadagi Teatr sanʼati in-tini tugatgan (1981). O. Lundstrem rahbarligidagi estrada orkestrida (1971—72), Roskonsertda (1978—87) yakka xonanda, «Qoʻshiq teatri» teatr-studiyasining asoschisi va badiiy rahbari (1988-y. dan). Pugachyova ijodi yuqori vokal va aktyorlik sanʼati, har bir qoʻshigʻini mukammal dramaturgik asar darajasiga koʻta-ra olishi, joʻshqinlik, koʻtarinkilik kabi oʻziga xos uslubi b-n ajralib tu-radi. Repertuaridan R. Pauls, A. Zatsepin, M. Tariverdiyev, I. Nikolayev va b. kompozitorlar hamda oʻzi bastalagan qoʻshiqlar oʻrin olgan («Arlekino», «Million qizil atirgul», «Maestro», «Paromchi», «Bu dunyo», «Menga yokadi», «Aysberg» va b.). Yevropa, Amerika va Osiyo (jumladan, Oʻzbekistonda ham) gastrolda boʻlgan. Xalqaro estrada tanlovlarida (Bolgariya, 1975; Polsha, 1978) Gran-pri mukofotiga sazovor boʻlgan. Rossiya Davlat mukofoti laureata (1994).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x