PUANSON

PUANSON (frans. poincon) — 1) shtamp va b. qurilmalarning asosiy kismi; metallarni shtamplash va presslash uchun moʻljallangan. Shtamplashda Puanson ishlov berilayotgan metallarga bevosita bosim bilan taʼsir qiladi. Presslashda zagotovkaga Puanson press-shayba orkali bosim beradi. Puanson juda qattiq poʻlatlardan tayyorlanadi;

2) matbaada — harf, belga va b. ning boʻrtma tasviri tushirilgan, kesimi toʻgʻri toʻrtburchakli taxtacha (brusok); matritsada chuqur tasvir hosil qilishda ishlatiladi;

3) geografiya xaritalaridagi shartli belgilar (doiracha, kvadratcha va b.);

4) material qat-tiqligini aniklashda sinaladigan ma-terialga bevosita taʼsir qiladigan detal (asbob, stanok detali va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x