PUANKARE Jyul Anri

PUANKARE Jyul Anri (1854.29. 4, Nansi — 1912.17.7, Parij) — fransuz matematigi. Parij FA aʼzosi (1887). Parij un-ti prof. (1886). Geografik uzunliklar byurosi aʼzosi (1893). Asosiy ilmiy ishlari differensial tenglamalar, avtomorf funk-siyalar nazariyasi, osmon mexanikasi, matematik fizika va topologiyata oid. Puankare differensial tenglamalar yechimini boshlangʻich shartlarga va tenglama parametriga bogʻliq holda tekshirdi. Bunda Puankare maxsus nuqtalar tasnifini taʼrifladi va limit sikllarini oʻrgandi. Puankare kombinator topologiyaning asosiy tushunchalari (Betti soni, fun-damental gruppa va b.)ni kiritdi. Puankare matematik fizika sohasida 3 oʻlchovli kontinuum tebranishini, shuningdek, issiklik oʻtkazuvchanlik nazariyasi, elektromagnit tebranishlar nazariyasi va b. masalalarni tadqiq qilgan. «Elektron dinamikasi» asarida (1905) A. Eynshteyndan mustaqil tarzda maxsus nisbiylik nazariyasi asoslarini bayon etgan. Puankarening maxizmta oid falsafiy dunyoqarashlari diqqatga sazovor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x