PTOLEMEY LAG

PTOLEMEY LAG, Ptolemey Lag oʻgʻli, Ptolemey I Soter (Xaloskor) — Misr hokimi (mil. av. 323-y. dan), podshosi (mil. av. 305—283). 323-y. diadoxlarnnt qaroriga koʻra, Aleksandr (Iskandar) saltanati 1marta parchalanganda satrap sifatida Misrni idora etish topshirilgan. 322-y. oʻzining oʻtmishdoshi — Aleksandr davridagi Misr noibi Kleomenni oʻldirgan. 321-y. podshoh regenti Perdikkaning hujumini daf qilgan. Boshqa diadoxlar singari oʻzini 305-y. boshida podsho deb eʼlon qilgan. 285-y. oʻgʻli Ptolemey II Filadelfni taxtdosh qilib olgan. P. L. Aleksan-drning barcha yurishlarida, xususan, Oʻrta Osiyoga qilgan yurishlarida, Spi-tamen qoʻzgʻolonini bostirishda faol qatnashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x