PROTORENESSANS

PROTORENESSANS (yun. protos – bi-rinchi, frans. Renaissance — uygʻonish) — Uygʻonish davri sanʼatiga zamin yaratgan Italiya madaniyatining ilk bosqichi (13—14-a. boshlari). «Protorenessans» atamasi shveysariyalik tarixchi Ya. Burkxard tomonidan ilk bor qoʻllanilgan. Protorenessans erkin shaharlarning jadal rivojlanib kengayishi, ishlab chikaruvchi kuchlar va savdosotiqning oʻsishi bilan bogʻliq. Sanoat va madaniyat gurkirab taraqqiy eta boshladi, dunyoviy fanlarga qiziqish va antik merosga eʼti-bor ortdi. Bu oʻzgarishlar Florensiya, Piza, Siyena, Genuya, Milanda, ayniqsa, Venetsiyada juda sezilarli boʻldi. Yangi davr sanʼatining ilk belgilari adabiyot (Dante, Petrarka, Bokachcho), meʼmorlik (Arnolfo di Kambio va b.), xaykaltaroshlik (N. Pizano va b.), rassomlik (P. Kavallini, Jotto) sanʼa-tida namoyon boʻla boshladi. Jumladan, Kavallini gotika shakllariga xotir-jamlik va muvozanat kiritsa, Jotto di-niy mavzularni hayotiy aks ettira boshladi, fazoviy kenglikni oʻzlashtirib tasvirlanuvchilarning salobatli va ulugʻvor qiyofalarini yaratdi, insoniy munosabatlar — xudbinlik va olijanoblikni ishonarli aks ettirdi (Jottoning Paduyadagi del Arena kapellasiga ishlagan devoriy rasmi, 1303—1305).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x