PROTEST

PROTEST (lot. protestor — oshkora is-botlayman) — prokurorning norozilik xujjati. Oʻzbekiston Respublika-sida Protest konunga zid boʻlgan hujjatni qabul qilgan organga yoki mansabdor shaxsga, shuningdek, yuqori organga yoxud yuqori mansabdor shaxsga, sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori ustidan protsessual qonunda belgilangan tartibda beriladi. Protest berilgan vaqtdan boshlab 10 kundan kechiktirmay koʻrib chiqilishi shart. Qo-nunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror Protestni koʻrib chiqishning qisqar-tirilgan muddatini belgilashga hakli. Protestni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻri-sida 3 kun ichida prokurorga yozma ra-vishda maʼlum qilinadi. Protest kollegial organ tomonidan koʻrib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga maʼlum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haklidir. Protest shu huj-jatni qabul qilgan yoki yuqrri turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek, Protest krnunda belgilangan muddat ichida koʻrib chi-qilmagan taqsirda, prokuror ana shu hujjatni gʻayriqonuniy deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan 1 oy ichida sudga murojaat etishga haqli. Ariza sudda koʻrib chiqilgunga qadar berilgan hujjatning amal qilishi toʻxta-tib turiladi. Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga nisbatan keltirilgan apellyatsiya, kassatsiya, xususiy va nazorat tartibidagi Protest ishni sudda koʻrish boshlangunga qadar Protest bergan prokuror tomonidan, shuningdek, yuqori turuvchi prokuror tomonidan oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin.

Gʻafur Abdumajidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x