PROTEINOTERAPIYA

PROTEINOTERAPIYA (yun. protos – birinchi va terapiya) — immunoterapiya turi. Davo maqsadida teri ostiga, muskul orasiga yoki venaga oqsilli moddalar (mas, sut, zardob va b.) yuborish. Proteinoterapiya koʻpincha surunkali infeksion va infeksion allergik kasalliklarda, yara kasalligida, trofik yara va h. k. da qoʻllanadi. Proteinoterapiyada qon (q. Gemoterapiya), kazein eritmasi va b. oqsilli moddalar yuboriladi. Proteinoterapiyada bemor krnidagi leykotsitlar koʻpayib, qonning fermentativ faolligi ortadi, orga-nizmning umumiy quvvati kuchayadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x