PROKTIT

PROKTIT (yun. proktos — yoʻgʻon ichak, itis — yalligʻlanish) — toʻgʻri ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi. Yoʻgʻon ichakning qar qanday yalligʻlanishi (mas, kolit), toʻgʻri ichakdagi turli oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadi. Proktitga (oʻtkir va surunkali) aksariyat jarohatlar (yot jismlar, mexanik taʼsirda; prostata bezini massaj qilishda, tozalovchi yoki davolovchi huqnalar-da), kimyoviy yoki termik kuyish yoki shilliq qavatga achchiq kalampir, spirtli ichimliklar, xom piyoz, sirka va b. taʼsir etishi sabab boʻladi. Klinik kechishi: tez-tez hojatga borish, tenezm, qorinning pastki qismida ogʻriq, toʻgʻri ichakda noxushlik sezish; bemor dam-badam siyishi ham mumkin. Odatda, kasallik 7—10 kun davom etadi. Kasallik davosi asosiy sababni bartaraf etish, parqez buyurishdan iborat.

Zamonaviy tekshirish usullari (rektoskopiya, koprologik tekshirish, toʻgʻri ichakni barmoq bilan tekshirish) bilan infeksion (spetsifik, mas, dizenteriya) yoki nospetsifik Proktitga aniq tashhis qoʻyish mumkin. Surunkali Proktit, odatda, davolanmagan yoki notoʻgʻri davolangan oʻtkir Proktit asoratidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x