PRIPYAT

PRIPYATBelorussiya va Ukrainadagi daryo. Dneprning oʻng irmogʻi (Kiyev suv omboriga quyiladi). Uz. 775 km, havzasining mayd. 114,3 ming km2. Daryoning koʻp qismi Polesye pasttekisligidan oqib oʻtadi. Dek. da muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Stoxod, Stir, Gorin, Ubort, Uj, chapdan — Yaselda, Lan, Sluch, Ptich. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 460 m3/sek. Quyilish jo-yidan 500 km da kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Baliq ovlanadi. Pripyat boʻyida Pinsk, Petrikov, Mozir, Narovlya, Chernobil sh. lari joylashgan. P. Dnepr—Bug kanali orqali Bug daryosi bilan va Dnepr—Neman (Ogin) kanali orqali esa (Shchara daryosi orqali) Neman daryosi bilan bogʻlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x