PRIMITIV

PRIMITIV (lot. primitivus — birinchi, eng dastlabki) — sanʼat taraqqiyotining ilk davrida yaratilgan asar. «Primitiv» tushunchasi 18—19-a. lar estetika va sanʼatshunosligida sanʼat taraqqiyotining «goʻdaklik» va «yetuklik» bosqichlarini qaramaqarshi qoʻyilishidan yuzaga kelgan. Primitiv (ayniqsa, 18-a. dan) hukmron uslub asarlari bilan qiyoslanganda obraz tuzilishining yaxlitligi va sodda koʻrinishining yaqqol koʻzga tashlanishi b-n oʻziga jalb qilishi mumkin. Zamonaviy sanʼatshunoslikda Primitiv baholash maʼnosini butunlay yoʻqotgan, soʻnggi oʻrta asarlar sanʼati, ibtidoiy tuzum xususiyatlarini saklagan xalklar sanʼati, muntazam badiiy taʼlim olmagan ustalar ijodiga, shuningdek, oʻta shartli ravishda primitivizm vakillari asarlariga nisbatan ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x