PREZIDENTLIK BOSHQARUVI

PREZIDENTLIK BOSHQARUVI — favqulodda holatlar joriy etilganda davlat boshqaruvida qoʻllaniladigan vaqtinchalik boshkaruv shakli. U, asosan, federativ tuzilishdagi davlat boshqaruvi (mas, AQSH, Hindiston)da qoʻllaniladi. Subyektlar federal konstitutsiya yoki qonunlarni, hukumatning qonuniy talablarini buzganda, inson huquqlari poymol etilganda, jiddiy tartibsizliklar roʻy berganda, federativ davlatning yagonaligiga xavf solinganda, kuchli zilzila, suv toshqinlari va sh. k. da amalga oshiriladi. Prezidentlik boshqaruvi davlat boshligʻining maxsus farmoni (dekreti) b-n eʼlon qilinadi. Prezidentlik boshqaruvi paytida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakolatlari toʻxtatiladi, ularning vazifasini bajarish prezident tuzadigan organ yoki prezident tayinlagan mansabdor shaxs zimmasiga yuklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x