PREKOS

PREKOS (frans. rgesose — erta, tez yetiladigan) — goʻsht-jun yoʻnalishidagi mayin junli qoʻy zoti. 19-a. oʻrtalarida Fransiyada rambulye merinos qoʻylarini Angliyaning goʻshtdor leyster zotli quchqorlari bilan chatishtirib chikarilgan. Prekos zotida goʻshtdorlik, tez yetilish, yuqori sifatli jun berish xusu-siyatlari yaxshi uygʻunlashgan. Jussasi yirik, boʻyin va tanasida teri burmalari yoʻq. Qoʻchqorlarining ogʻirligi 110—115 kg (150 kg gacha), sovliklari-niki 58—62 kg. Qoʻchqorlaridan 8—10 kg (14 kg gacha), sovliklaridan 3,8—4,2 kg (10 kg gacha) jun olinadi. Junining uz. 8—9 sm, tolasining ingichkalik sifa-ti 60—64, toza jun chiqimi 45—50%. Pushtdorligi 125—135% (100 sovlik,dan 130—150 tagacha qoʻzi olinadi).

Prekos qoʻylari tez yetiladi, boqish va saqlash sharoitlariga talabchan. Lekin qur-gʻoqchilik mintaqalarida urchitib koʻpaytirishga moslashmagan. P. Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa, Shim. Afrika mamlakatlarida keng tarqalgan. Rossiya, Ukraina, Belorussiyaning ayrim viloyatlaridagi nayelchilik qoʻychilik xoʻjaliklarida eng sara suruvlari bor. P. kuy zoti ishtirokida 12 dan ortiq yangi qoʻy zotlari (qozoq, qirgʻiz mayin junli qoʻylari, qozoq arxar merinosi, dege-ress va oloy qoʻy zotlari) yaratilgan (yana q. Mayin junli koʻylar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x