PREDIKATIVLIK

PREDIKATIVLIK (lot. praedicativus — tasdiqlovchi, qatʼiy) — 1) zamonaviy mantiq fanida — belgilar va predmetlar oʻrtasida obyektiv mavjud boʻlgan aloqalarni aks ettiruvchi asosiy tushunchalardan biri;

2) tilshunoslikda — gapni shakllantiruvchi sintaktik kategoriya boʻlib, ran mazmuniga obyektiv borliqning u yoki bu hodisasi haqida xabar berish xususiyatini baxsh etadi. Predikativlik belgi (harakat, sifat va xususiyat) bilan predmetning zamon va maylda anglashiladigan oʻzaro munosabatini ifodalaydi va shu tarika gapni alohida fikrni shakllantiruvchi va u hakda xabar beruvchi birlikka aylantiradi (mas, «Olma gulladi», «Doimo tinchlik boʻlsin!»). Modomiki, ran mazmunining borliqqa munosabati uni muayyan zamoniy va modal (real yoki irreal) darajaga qoʻyishni taqozo qilar ekan, Predikativlik ham ikki sintaktik kategoriyaning — zamon va maylning birligidan iborat boʻladi. Ikki tarkibli gaplarda — kesim, bir tarkibli gaplarda esa ularning bosh boʻlagi Predikativlikning ifodachisi xisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x