PRAKSITEL

PRAKSITEL (Praxiteles) (taxm. mil. av. 390—mil. av. 330) — yunon haykal-taroshi; soʻnggi klassika namoyandasi. Afinada ishlagan. Praksitel asarlarini asosan marmardan ishlagan, antik nusxalardan va qad. mualliflarning yozmalaridan maʼlum. Praksitel davrining badiiy talablariga javob beradigan yangi, oʻta nozik goʻzallik namunalarini yaratdi. Asarlari nisbatlar jihatidan kelishgan va uygʻun; marmarni mahorat bilan yoʻnib, tasvirni his qila olgan va uning mayin shakliga eri-shadi. Praksitel shakllariga nafis holat va yengillik bera oladigan tashki tayanch nuqtalarini topa olgan: «Apollon Sa-urokton» (taxm. mil. av. 370, Vatikan muzeyida), «Afrodita» (taxm. mil. av. 360—350, Luvrda) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x