POYNTING

POYNTING (Poynting) Jon Genri (1852.9.9, Monton, Lankashir — 1914.30.3, Birmingem, Uorikshir) — ingliz fizigi, London Qirollik ja-miyati aʼzosi (1888-y. dan). London (1872) va Kembrij (1876) un-tini tugatgan. Birmingem un-ti prof. (1880-y. dan). 1884-y. da elektromagnit energiyasi oqimi zichligining vektori iborasini fanga kiritdi. Bu 1874-y. da rus fizigi N. A. Umov tomonidan aytilgan alohida vektor kattalikdir (q. Umov — Poynting vektori). P. Yerning zichligiga (1891) va Yer gravitatsion doimiy-siga (1893) ovd aniqoʻlchashlar oʻtkazgan. Quyosh atrofida aylanayotgan osmon jis-mi orbitasining kichrayishi hodisasini kashf etgan (1903). Bu hodisaning relyativistik nazariyasini 1937-y. da ingliz fizigi G. Robertson (Poyntingrobertson hodisasi) ishlab chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x