POYABZAL

POYABZALoyoq kiyimi. Oyoqni is-siq, sovuq, nam, loy, chang va shikastlanishdan saqlaydi. Ibtidoiy odamlarni tabiat noqulayliklari (issiqsovuq, yomgʻir-qor, chang-toʻzon, tikanak kirishi, chagʻir tosh botishi, ilonchayon chaqishi va b.) oyoqlarini biron-bir narsa bilan himoya qilishga majbur qilgan. Ular qayerda (issiq yoki sovuq oʻlkalarda, seryogʻin yoki qurgʻoqchil joylarda, pasttekisliklar va togʻli joylar-da) yashashlariga qarab, yalang oyoq yurishgan, chipta kavush, choriq, yogʻoch, kigiz, charm yoki moʻyna P. kiyishgan. Ularni toʻqish, yoʻnish va tikish usullari asta-sekin takomillashtirilib borilgan. Mas, ilgari Oʻrta Osiyo xalqlari, asosan, etik, maxsi, kavush kiyishgan. Poyabzal, asosan, qoʻlda tikilgan. Ke-yinchalik (19-a. oʻrtalaridan), botinka, tufli, sandal, shippak, piyma, kalish, sport P. i, tibbiy, harbiy va maxsus ish Poyabzal lari kiyish rasm boʻddi. Erkaklar Poyabzali — mardona, ayollar Poyabzali zaifona, bolalar Poyabzali — bachkana deb atalgan. Hozir Poyabzal tikishga oid deyarli barcha jarayonlar mexanizatsiyalashtirilgan, lekin qoʻlda tikish usullari ham sakdanib qolgan.

Poyabzal, asosan, satx (yuza) va tag-charmdan iborat. Satx boʻlaklari ipli chok bilan biriktirilsa, tanovar (charm, gazlama, sunʼiy charm zagotovka) hosil boʻladi. Tagcharmga charm, rezina, plastmassacharm, yogʻoch ishlatiladi. Tagcharm boʻlaklari poshna, patak, naboyka va b. shaklda qoʻdda (tigʻ b-n) yoki maxsus presslarda kesiladi. Sunʼiy charm boʻlaklari Poyabzal korxonasiga tayyor holda keltiriladi.

Poyabzal tikish texnologiyasi: materialni bichish, boʻlaklarni biriktirishga tayyorlash. tanovorni tikish va biriktirish, unga shakl berish, tagcharmni satxga biriktirish va tayyor Poyabzalni par-dozlash.

Tanovorni qolipga tortish va patak biriktirish (mixlab, yelimlab va ipli chok b-n) ishlari maxsus mashinalarda bajariladi. Tagcharmni tanovorga biriktirishning mexanik, rantli, sandal, yarim sandal, yelimlash va b. usullari bor. P. mustahkamligi va tashki koʻrinishi koʻp jihatdan biriktirish sifatiga bogʻliq. Tanovorga tagcharm biriktirilgandan soʻng mahkamlash mashinasida poshna qoqiladi. Poyabzalga za-rur shakl berish uchun ishlatiladigan moslama (press) qolip deb ataladi. Qolip, asosan, old va orqa qismlardan iborat. Tanovorni qolipga tortish paytida bu qismlarni bir-biriga yaqinlashtirib va bir-biridan uzoqlashtirib, zarur oʻlchamga keltirish mumkish. Qolip yogʻoch, metall yoki plastmassadan yasaladi.

Tayyor Poyabzalni pardozlash ishlari xam, asosan, maxsus mashinalarda bajariladi. Ayrim ishlargina qoʻlda qilinadi. Umuman, Poyabzal tikishda 120 ga yaqin mashina va moslamalar qoʻllaniladi. Poyabzal oʻlchami (nomeri) patakning shtixlar (1 shtix — 2/3 kiyem), santimetrlar yoki dyuymlarda oʻlchanadigan uzunligini bildiradi. Oʻzbekistonda, asosan, san-timetrli sistema qoʻllaniladi. Poyabzal oʻlchamlari boʻyicha (santimetrlarda oʻlchanganda) chaqaloqlarga (7 — 14), bogʻcha yoshidagilarga (14,5—17,5), bolalarga (18—25), ayollarga (22—28), erkaklarga (25,5—31,5) moʻljallangan xillarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda Poyabzal tikish hunarmandchilikning muhim turi boʻlib, uni qoʻlda tikish hozir ham keng koʻlamda saqdanib qolgan (q. Koʻn-poyabzal sanoati).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x