POTENSIOMETR

POTENSIOMETR (potensial va… metr) — 1) magnit P. — magnit may-don kuchlanganligi, yaʼni 2 nuqta ora-sidagi potensiallar farqi (yoki magnit yurituvchi kuch) ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Bikr (qattiq) va egiluvchan (qayishqoq) xillari bor;

2) elektr zanjiridagi e. yu. k. yoki kuchlanishni oʻlchash uchun moʻljallangan elektr asbobi. Oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok bilan ishlaydigan, elektron avtomat xillari bor. Potensiometr tarki-biga qarshilik, galvanometr va normal element (galvani elementi) kiradi;

3) elektr zanjirining kirish qismiga kuchlanishning maʼlum qismini (qarshilikni) tekis rostlab beradigan asbob. Kuchlanish taqsimlagichi deb ham ataladi. Radiotexnika, elektrotexnika, oʻlchash texnikasi, avtomatik tizimlar va b. da ishlatiladi;

4) avtomatik elektr oʻlchash kompensatori.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x