POTANIN MUZLIGI — Oltoy togʻlaridagi eng yirik vodiy muzligi. Mongoliya hududida. Tabin-Bogda Oʻla tog tugunining sharqiy yon bagʻrida. Uz. 19 km, kengligi 2,5 km gacha. Pastki chegarasi 2900 m balandlikda. Maydoni qariyb 50 km2. Muzlikdan erigan suvlar Kobdo daryosi havzasiga oqadi. Potanin muzligini 1905-y. da rus geografi V. V. Sapojnikov (1861 — 1924) tadqiq etgan va G. N. Potanin nomiga qoʻygan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые