PORFIR

PORFIR (yun. porphyreos — olov rang) — porfirli strukturam ega effuziv paleotip nordon togʻ jinslarining umumiy nomi. Asosiy massasi koʻpincha kvars, dala shpati, shox aldamchisi yoki togʻ shishasidan iborat boʻladi. Porfirning 2 turi maʼlum: ortoklazli Porfir (ortofir) — traxitning paleotip analogi va kvarsli Porfir — liparitning analogi. P. Rossiyada (Sibir, Ural), Kavkazda, Oʻzbekistonda esa Hisor, Chat-kol, Nurota va b. togʻlarda, qad. vulkan togʻ jinslari qatlamlari orasida uch-raydi. Porfirning tarkibi va paydo boʻlish sharoitini oʻrganish u bilan bogʻliq foy-dali qazilma konlarini topishga im-kon beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x