PORTUGALLAR

PORTUGALLAR (oʻzlarini portugezish deb ataydilar) — xalq, Portugaliyaning asosiy aholisi (10,27 mln. kishiga yaqin). Umumiy soni 13,67 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Portugal tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, ka-toliklar. Katta yevropeoid irqining hind-oʻrta dengiz irqiga mansub. Portugallar etnosining asosini eng qad. iberiy qabilalaridan boʻlgan luzitanlar tashkil etgan. Portugallarning tili va madaniyatiga (ayniqsa, mamlakat jan. dagi aholiga) arab-barbar hukmronligi (8—13-a. lar) katta taʼsir qilgan. 12-a. oʻrtasida mustaqil Portugaliya davlati tashkil topgan. Rekonkista jarayonida (arablar bosib olgan hududlarni qaytarib olinishi) asta-sekin Portugallar elati shakllangan. Anʼanaviy mashgʻuloti — dehqonchilik, bogʻdorchilik, baliqchilik. Zamonaviy Portugallar koʻp tarmokli sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x