PORTONOVO

PORTONOVOBenin davlati poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Iqlimi ekvatorial, oʻrtacha t-ra yanv. da 27,7°, iyulda 25,3°; yillik yogʻin 1590 mm. Aholisi 180 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi port. Q. x. mahsulotlariga ishlov beruvchi korxonalar, sement, yogʻmoy va sovun z-dlari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Shahar atroflarida palmazorlar, yer yongʻoq plantatsiyalari bor. Baliq ovlanadi. Etnografiya muzeyi ishlab turibdi. P.-N. 17-a. dan maʼlum, oʻsha davrda Ajache deb atalgan. 1893-y. dan Fransiya mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1960-y. 1 avg. dan mustaqil Benin (1975-y. gacha Dagomeya) poytaxti.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x