PORTLATKICH

PORTLATKICH — snaryad, mina, bom-balardagi portlovchi moddalarii portlatish uchun ishlatiladigan mexanizm. Zarbiy Portlatkich (snaryad, bomba, mina va b. ning biron narsaga urilishi nati-jasida harakatga keladi), distan-sion Portlatkich yoki distansion naycha (snaryad, bomba va raketalarning uchish tra-yektoriyasida muayyan vaqt oʻtgach hara-katga keladi), kontaktsiz Portlatkich (radiolokatsion, infraqizil, optik, akustik Portlatkich — snaryad, bomba, mina va b. nishonga tegmasdan, undan muayyan uzokdikda harakatga keladi), ijro-ch i P. (kodlashtirilgan tashqi signalni qabul qilib, harakatga keladi) kabi turlarga boʻlinadi. Hamma turdagi Portlatkich, umuman, detonatsiya zanjiri, portlatuvchi mexanizmlar (tepki, elektr kontakt va b.) va saqlagich mexanizmlaridan iborat. Portlatkichda detonatsiya mexanik (alangalatuvchi piston yoki piston-detonator tepki urilishi yoki ishkalanish natijasida ishlaydi), elektr toki (elektr detonator elektr vosi-tasida ishlaydi) va kimyoviy (singan ampuladan quyilgan reagent yonuvchi tarkibni alan-galantiradi) usulda hosil qilinadi. Nishonga tekkandan keyin portlash vaqtiga koʻra, Portlatkich oniy va sekin harakatga keladigan turlarga boʻlinadi. Artilleriya va aviatsiya P. ini oniy harakatga keltirish uchun snaryadni otishdan oldin uning saqlagich qopqogʻi buraladi yoki snaryad, bombaga oʻrnatilgan parrak aylanib, saklagich qrpqogʻini buraydi. Muhandislik minalaridagi Portlatkichni oniy harakatga keltirish siquvchi, tortuvchi, bosuvchi yoki yukni yengillashtiruvchi moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Portlatkichning harakatga kelishini sekinlatish uchun detonatsiya zanjiriga sekinlatkich qoʻyiladi yoki soat mexa-nizmi, kimyoviy reagent oʻrnatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x