PORTIK

PORTIK (lot. particus) — asosan, bino bosh tarziga, ayrim hollarda 2 yoki 3 tomoniga ishlangan qator ustun, kolonnalar. Qad. meʼmorlikda keng tarqalgan. Yunoniston sayrgohlarida Portiklar boʻlgan. 18—19-a. larda klassitsizm davri meʼmorligida, 20-a. da, asosan, jamoat binolari (oʻquv korpuslari, teatr binolari, madaniyat saroylari)da qoʻllanilgan. Toshkentdagi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi xamda Madaniyat vazirligi binosi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va b. binolardagi Portiklar oʻziga xos uslubda ishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x