PORT-LUI — Mavrikii davlati poy-taxti. Mavrikiy o. ning shim.gʻarbiy qismida. Port-Lui okrugining maʼmuriy markazi. Iqlimi tropik, oʻrtacha t-ra fev. da 26°, avg. da 19°. Yillik yogʻin 2000 mm. Aholisi 128 ming kishi (2000). P.-L. — mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. hind okeani sohilidagi port. Shosse yoʻllar tuguni. Neftni qayta ishlovchi, oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi z-dlar, oziqovqat (shakarqand, yogʻmoy, tamaki) korxonalari mavjud. Un-t, in-t, muzeylar, badiiy galereya, kutubxona bor. Qad. fort va qalʼa saqlangan. Shaharga 1736-y. da asos solingan. Suvaysh kanali ochilgunga qadar Hind okeanida yirik savdo porti boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые