PORNOGRAFIYA

PORNOGRAFIYA (yun. pornos — fahsh, buzuq va…grafiya) — adabiyot, tasviriy sanʼat, teatr, kino, kompyuter dasturlari, video – va ovoz yozuvlari, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarida jinsiy hayotni vulgar-naturalistik, behayolarcha tasvirlash, badiiy yoki ilmiy ahamiyati boʻlmagan holda tayyorlash. OʻzRda Pornografiya mahsulotlarini tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyat hisoblanadi. Buning uchun maʼmuriy va jinoiy jazo belgilangan. Bunday qilmishni sodir etish eng kam oylik ish haqining 100 dan 200 baravarigacha mikdorda jarima yoki 3 y. gacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi (OʻzR Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 189modsasi, JKning 130moddasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x