POMOLOGIYA

POMOLOGIYA (lot. pomum — meva va…logiya) , navshunoslik — mevali va rezavor oʻsimliklar navlari toʻgʻrisidagi fan. Mevali va rezavor mevali oʻsimliklarni ilmiy r-nlashtirish, bogʻlarning nav tarkibini va ayrim navlarni muttasil yaxshilash va ulardan bogʻdorchilikaa samarali foydalanish masalalarini oʻrganadi. Pomologiya fan sifatida 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida shakllangan. Ilmiy Pomologiya rivojlanishiga ame-rikalik mashhur seleksioner-oʻsimlikshunos olim Lyuter Berbank (1849 — 1926), I. V. Michurinnpng amaliy ishlari va asarlari hal qiluvchi taʼsir koʻrsatdi. Ukrain pomolog olimi L. M. Simi-renko Pomologiyaning asosiy mazmunini ifo-dalab berdi. Uning mevali va rezavor mevali ekinlar navshunosligi, nav sinovi va r-nlashtirish masalalari boʻyicha asarlari muhim ahamiyatga ega.

Pomologiya mevali va rezavor mevali ekinlar seleksiyasining tarkibiy qismi-dir. Baʼzan Pomologiyaga mevali oʻsimliklarni botanik uslubiyatlar (U. P. Xendrik, K. Kox) b-n oʻrganuvchi botanika fanining bir qismi sifatida karaladi. Gʻarbiy Yevropada uning tavsifiy yoʻnalishi (A. Dil, E. Lukas, A. Lerua) ham mavjud.

Hozirgi davrda Pomologiyada navlarni hududlar boʻyicha ishlab chikarishbiologik urganish (ilmiy muassasalarning pomologiya bogʻlarida navni dastlabki oʻrganish, davlat nav sinash uchastkalarida eng istiqbolli navlarning davlat nav si novi, bogʻdorchilik xoʻjaliklarida dastlabki nav sinovi va davlat sinovidan oʻtgan is-tiqbolli navlarning i shl ab chiqarish nav sinovlari yoʻnalishlarida), navlar agrotexnikasi, navlarni i. ch. vositasi tarzida har tomonlama tavsiflash masalalariga alohida eʼtibor beriladi (yana q. Nav, Navni raionlashtirish).

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston P. si ham boy tarixga ega. Olma, nok, urik, shaftoli, olxoʻri, uzum, anor, anjir, gilos, yongʻoq, bodomning mahalliy navlari hamda ularning tavsi-fi haqida 10-a. ga oid manbalarda, shuningdek, «Boburnoma»da maʼlumotlar bor. 20-a. boshlarida Oʻzbekistonda Pomologiyani rivojlantirishda P. P. Shreder, N. N. Shavrov, keyinchalik, K. F. Kostina, I. N. Ryabov, V. V. Kuznetsov, K. V. Vasilyev, A. S. Cherevatenko, A. G. Shreder, A. R. Shreder, S. I. Yagudina, S. Q. Sharipov, S. S. Kalmikov va b. hissa qoʻshgan.

Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-tida har bir meva turlari boʻyicha kollek-siyalar va Pomologiya bogʻlari barpo etilgan, in-t tomonidan Oʻzbekiston Pomologiya siga bagʻishlangan toʻplamlar nashr qilingan.

Ad.: Simirenko L. P., Pomologiya, t. 1—3, Kiyev, 1972—73; Sorta plodovыx, subtropicheskix, orexoplodnыx kultur i yagod. T., 1968; Ribakov A. A., Ostrouxova S. A. Oʻzbekiston mevachiligi. T., 1967; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983.

Sulton Xolnazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x