Pomidorda shifo bisyor

Pomidor oshxonamizda eng koʻp ishlatiladigan sabzavotlardan biridir. Ayniqsa, yoz oylarida undan tayyorlangan salatlar va shakarobsiz tushlik yoki kechki ovqatimiz kemtik boʻlib qoladi.

  • Pomidor tarkibida kuchli antioksidant – likopin bor. U bizning tanamizni yurak qon-tomir va onkologik kasalliklardan himoya qiladi. Likopin pomidordan koʻra undan tayyorlanadigan mahsulotlarda koʻp boʻladi. Pomidor qaynagani yoki bugʻda pishirilgani sari undagi likopin ortib boradi. Masalan, tomat pastasida uning miqdori sabzavotdagiga qaraganda bir yarim baravar koʻp.
  • Bu sabzavot organik kislotalarga boy.
  • Uni isteʼmol qilgan kishining kayfiyati koʻtarilib, turli asabiylashish va tushkunlik holatlariga qarshi kurashish qobiliyati oshadi. Pomidor tarkibida “baxt gormoni” – serotin moddasi borligi sabablidir.
  • Hazm qilish jarayoniga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ayniqsa, meʼda shirasi kislotasi yetishmasligi va gastrit bilan ogʻrigan bemorlarga foydali.

 

Orifjon Madvaliyev tayyorladi.

 

“Sogʻlom avlod” gazetasining 2015 yil 24-sonida chop etilgan.

https://saviya.uz/turfa-olam/pomidorda-shifo-bisyor/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x