POLISPAST (yun. polyspastos — koʻp arqonlar bilan tortiladigan) — bir necha qoʻzgʻaluvchan va qoʻzgʻalmas bloklar hamda shu bloklar orqali oʻtkazilgan poʻlat arqonlar (troslar)dan iborat yuk koʻtarish qurilmasi. Polispast yordamida koʻtariladigan yukning vazni bloklar va poʻlat arqonlar tarmogʻiga tarqaladi, shuning uchun yukni koʻtarish uncha qiyin boʻlmaydi. Polispast koʻpincha yuk koʻtarish mashinalari (mas, yuk koʻtarish kranlari)ning bir qismi hisoblanadi. Baʼzan, Polispast chigʻir (lebedka) bilan birlashtirib yasaladi. Yengil yuklarni koʻtarishda Polispastning oʻzidan mustaqil tarzda foydalanish mumkin. Polispast qurilish, portlar va uy-roʻzgʻorda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые