POLIS

POLIS (yun. polis, lot. civitas) — sha-har-davlat. Yunoniston va Qad. Italiyada jamiyat va davlatni ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy tashkil etishning alohida shakli. Polis davlat apparati toʻla huquqli erkak fuqarolarning xalq majlisi (apella, ekklesiya), kengash (gerusiya, areopag, bule, senat) va turli saylanuvchi mansabdor shaxslar (magistratlar) dan tashkil topgan. Polislar oligarxik (mas, Sparta) yoki demok-ratik (mas, Afina) boʻlgan. Polis dagi shahar aholisining bir qismi (meteklar, perieklar, har qanday huquklardan mahrum boʻlgan qullar) fuqarolar tarkibiga kiritilmagan va huquqsiz boʻlgan. P. Yunonistonda mil. av. 4-a. ning boshida (eng rivojlangan davri mil. av. 5-a.), Rimda mil. av. 3—1a. larda (eng rivojlangan davri mil. av. 5—3-a. lar) inqirozga uchragan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x