POLIPTIX

POLIPTIX (yun. polyptychos — koʻp qavatli yoki taxtachalardan tuzilgan) — 1) koʻp tabaqali 3 dan ortiqtasvir yoki relyefli buklama: rassom yoki rassomlar guruhi tomonidan yaratilgan asar; 2) umumiy gʻoya, yagona rang va kompozitsiya jiqatidan birlashgan bir nechta kartina.

Yevropa mamlakatlarida ibodatxona mexroblari uchun ishlangan ikona asarlari ham koʻp qismli boʻlib, Poliptixning yorqin namunasidir. Poliptix asarlari alohida qismlarda ishlanib birlashtirilishi yoki bir yuzaga ishlanib hoshiya yoki chiziklar bilan bir necha qismlarga ajratilishi mumkin. 16-a. dan Gollandiya, Germaniya va b. da ibodatxonalar uchun «Injil»dan olingan syujetlarga kompozitsiyalar, koʻp qismli asarlar ishlash keng yoyildi. Mas, aka-uka Van Eyklar Poliptixning yorqin namunasini yaratgan.

Oʻzbekistonda Poliptixning ilk namunasi 19-a. oxirlarida qurilgan ibodatxonalar meqroblari uchun yaratilgan iko-nastaslardir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x