POLIKRISTALLAR

POLIKRISTALLAR — tartibsiz joylashgan va bir-biriga kirishib ketgan koʻp sonli mayda kristallardan tashkil topgan qattiq jismlar. Tabi-atda uchraydigan va sintez usuli bilan olinadigan koʻpgina materiallar (togʻ jinslari, metallar, krtishmalar va h. k.) P. hisoblanadi. Polikristallar xossalari uni tashkil qilgan kristall zarrachalarining xossalari va oʻlchamlariga (1 — 2-10~6 mkm dan bir necha mm gacha), ularning oriyentatsiyasi va chegaralarining tuzilishiga bogʻliq. Agar kristall zar-ralari tartibsiz oriyentatsiyalangan va ularning oʻlchami Polikristallar oʻlchamidan kichik boʻlsa, Polikristallarda monokristallarga xos anizotropiya xususiyati vujudga kelmaydi. Agar kristall zarrachalari maʼlum da-rajada kristallografik oriyentatsiyalangan boʻlsa, Polikristallar teksturlangan hisoblanadi va u anizotropiya xususiyatiga ega boʻladi. Kristall zarrachalari chegaralarining qoʻshilib ketishi Polikristallarning fizik, ayniksa, mexanik xossalariga taʼsir qiladi; chegaralarda oʻtkazuvchan elektronlarning sochilishi, disloka-siyalarnchnt susayishi va h. k. kuzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x