POLIJEN kapsulasi

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Polijen kapsulasi

#Полижен капсуласи

💊DORI SHAKLI 👇

kapsulalar

💊TARKIBI 👇

Har bir kapsulada quyidagilar saqlanadi: ⤵⤵

⏬faol moddalar:

💥Asalari suti — 20 mg

💥 Askorbin kislotasi — 150 mg

💥Jenshen ekstrakti — 40 mg 💥Folat kislotasi — 0,5 mg

💥Oʻstirilgan bugʻdoy massasi — yogʻi 50 mg

💥Kalsiy pantotenati — 10 mg

💥Saflor yogʻi — 30 mg.

💥 Orat kislotasi — 10 mg

💥L-Arginin — 20 mg

🔰 Makroelementlar: 👇

💥L-Lizin — 20 mg .

💥Kaliy — 8 mg.

💥Deanol bitartrati — 25 mg. 💥Kalsiy — 50 mg.

💥Soya letsitini — 90 mg .

💥Fosfor — 38,71 mg.

💥Metionin — 74 mkg.

🔰 Mikroelementlar: 👇

💥Butillangan gidroksitoluyen — 1 mg.

💥Temir — 14 mg.

💥Gul changi — 25 mg.

💥 Ftor — 0,2 mg.

💥Magniy — 1 mg .

💥Mis — 2 mg .

💥Yod — 150 mkg

💥Marganes — 2, 5 mg .

💥Molibden — 186 mkg .

💥Selen — 50 mkg .

💥Xrom — 100 mkg.

💥Nikel — 4 mkg .

💥Bor — 130 mkg.

🔰Vitaminlar: 👇

💥A vitamin palmitati 5000 XB

💥D3 vitamini (xolekalsiferol) — 400 XB

💥E vitamini — 180 mg.

💥Biotin — 0,2 mg.

💥B1 vitamini — 5 mg .

💥Rux — 15 mg.

💥B2 vitamini — 5 mg.

💥B6 vitamini — 4 mg .

💥B12 vitamini — 15 mkg

💥Nikotinamid — 20 mg .

💥Askorbin kislotasi — 150 mg.

🔰Yordamchi moddalar: 👇

Yeryongʻoq moyi, gidrogenlangan oʻsimlik moyi, qisman gidrogenlangan oʻsimlik moyi, oq asalari mumi.

🔰TA’SIRIGA KO’RA 👇

Aminokislotalar va oʻsimlik komponentlaridan tarkib topgan vitamin-mineral kompleksidan iborat vosita.

💊POLIJEN KAPSULASI XUSUSIYATI VA TA’SIR QILISH MEXANIZMI 👇

Polijen tarkibida organizmni normal faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan vitaminlar, mineral moddalar va aminokislotalarning muvozanatlangan majmuasi, shuningdek infeksion, hamda shamollash kasalliklariga, atrof-muhitning zararli taʼsirlariga nisbatan organizmning qarshiligini oshiradigan va organizmning umumiy tonusini oshiradigan biologik faol moddalarni saqlaydi.

🔰POLIJEN KAPSULASI TARKIBIDAGI MODDALARNING XUSUSIYATI 👇

▶Jenshen keng farmakologik taʼsir doirasiga ega. Jenshenning biologik faol moddalar majmuasi markaziy nerv tizimiga ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini kuchaytiradi. Organizmning tabiiy qarshilik koʻrsatish va regenerativ hususiyatini oshiradi.

▶A vitamini koʻrish pigmentlarini shakllanishida ishtirok etadi, epitelial hujayralarining butunligini taʼminlaydi, organizmning oʻsishini boshqaradi.

▶B1 vitamini – koferment sifatida uglevodlar almashinuvida, nerv tizimining faoliyatida ishtirok etadi.

▶B2 vitamini – hujayra nafasi va koʻrish jarayonining katalizatoridir . DNK shakllanishida muhim rol oʻynaydi, toʻqimalar (shu jumladan teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlariga yordam beradi.

▶B6 vitamini – koferment sifatida aminokislotalar, oqsillar metabolizmida, shuningdek neyromediatorlarni sintezida ishtirok etadi.

▶B12 vitamini folat kislotasi bilan birga nukleotidlar sintezida qatnashadi; hamda eritrotsitlar va miyelin xujayralarini shakllanishida ishtirok etadi, organizmning oʻsishi uchun zarur.

▶Folat kislotasi megaloblastlarni normal yetilishi va normoblastlarni hosil boʻlishi uchun kerak. Eritropoezni stimullaydi, aminokislotalar (shu jumladan metionin va serin), nuklein kislotalari, purin va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi.

▶Kalsiy pantotenati koenzima A ning tarkibiy qismi sifatida atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol oʻynaydi; epiteliy va endoteliyni shakllanishi va regeneratsiyasiga yordam beradi.

▶Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda muhim rol oʻynaydi; kollagen sintezini taʼminlaydi; folat kislotasi va temir metabolizmida, shuningdek steroid gormonlar va katexolaminlarni sintezida qatnashadi.

▶E vitamini antioksidant xususiyatlariga ega, membranalarda toʻyinmagan yogʻ kislotalarini lipoperoksidlanishidan himoyalaydi , xujayralararo modda, kollagen va elastik tolalarni shakllanishida ishtirok etadi.

▶D3 vitamini — ichaklardan kalsiy, fosfatlar va magniyni soʻrilishini stimullaydi va suyaklarning oqsil stromasi sintezini va kalsiyni suyak toʻqimasi va dentinda toʻplanishini faollashtiradi, suyak toʻqimasini rezorbsiyasiga toʻsqinlik qiladi, organizmdan qoʻrgʻoshinni chiqarilishiga yordam beradi.

▶Orat kislotasi – pirimidin asoslarining oraliq mahsuloti sifatida nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi, jigarda albuminlar hosil boʻlishini, ayniqsa uzoq davom etgan gipoksiya sharoitlarida kuchaytiradi, regeneratsiya faoliyatini yaxshilaydi, anabolizmni oshiradi.

▶Nikotinamid hujayra nafasi jarayonlarida, yogʻlar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi.

▶Magniy neyronlar qoʻzgʻaluvchanligini va mushaklarga nerv impulslarini oʻtishini kamaytiradi, kofaktor sifatida koʻpchilik fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadi.

▶Fosfor metabolitik jarayonlarda, energiya almashinuvida, suyak toʻqimasiini shakllanishida, oʻsish jarayonlarida muhim rol oʻynaydi.

▶Kalsiy suyak toʻqimasi va tishlarni shakllanishi uchun zarur; qon ivishi jarayonlarini taminlaydi.

▶Kaliy hujayra ichidagi osmotik bosimni tutib turishda, nerv impulslarini oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etadi; mushaklar, shu jumladan miokard metabolizmi va faoliyatida muhim rol oʻynaydi.

▶Temir eritropoezda ishtirok etadi, gemoglobin tarkibida kislorodni toʻqimalarga tashilishini taʼminlaydi.

▶Rux B guruhi vitaminlarini oʻzlashtirilishini yaxshilanishiga yordam beradi, suyak toʻqimasini normal rivojlanishi uchun muhim, meʼda osti bezi shirasining tarkibiy qismi hisoblanadi, bir qator gormonlarni hosil boʻlishida ishtirok etadi.

▶Yod — qalqonsimon bez gormonlarini sintezi uchun zarur.

▶Xrom — qonda glyukozaning miqdorini va organizmning gormonal holatini boshqarilish jarayonlarida ishtirok etadi, qonda xolesterinning darajasini pasayishiga yordam beradi, organizm xujayralarida yogʻlarni toʻplanishiga qarshilik qiladi.

▶Mis — hujayra nafasi jarayonida, qon hosil boʻlishida, immun reksiyalarda ishtirok etadi.

▶Marganes — suyak toʻqimasini rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi, toʻqimalar nafasida, immun reaksiyalarda ishtirok etadi.

▶Molibden — oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarda ishtirok etadi, ferment kofaktori sifatida taʼsir qilishi mumkin.

▶Selen — toʻqimalarning elastikligini boshqarilishida ishtirok etadi, yaqqol antioksidant taʼsir koʻrsatadi.

▶Nikel — biologik tizimlar tarkibiga kiruvchi muhim element hisoblanadi (uning spetsifik metallofermentlar tarkibiga kirishi taxmin qilinadi).

▶Ftor — tish emali va suyaklarning komponentidir.

▶Bor — suyak toʻqimasini shakllanishida muhim ahamiyatga ega, uning mustahkamligini taʼminlaydi, osteoporoz rivojlanishini oldini oladi. Bor, suyak toʻqimasi tomonidan kalsiyning assimilyatsiyasini yaxshilaydi, deb taxmin qilinadi.

▶L-arginin aminokislotasi oqsillar uchun qurilish blokidir. L-arginin normal arterial bosimni taʼminlaydi va umuman yurak qon-tomir tizimining normal faoliyatini taʼminlaydi. U qon tomirlarini kengayishiga yordam beradi va shunday qilib aterosklerotik blyashkalarni rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Ushbu aminokislota toʻqimalarni oʻsishi, qayta tiklanishi uchun, antitelolar, gormonlar va fermentlar hosil boʻlishi uchun zarur.

▶Metionin – almashtirib boʻlmaydigan aminokislota boʻlib, u yogʻlarni qayta ishlanishiga yordam berib, ularni jigarda va arteriya qon-tomirlarining devorlarida toʻplanib qolishini oldini oladi. Metionin tarkibida erkin radikallarni faolsizlantiruvchi oltingugurt saqlaganligi sababli, yaqqol antioksidant taʼsir koʻrsatadi.

▶L-lizin — toʻqimalarni oʻsishi, qayta tiklanishi uchun, antitelolar, gormonlar va fermentlarni ishlab chiqarilishi uchun zarur boʻlgan aminokislotadir. Lizinni qoʻshimcha qabul qilish toliqishni oldini oladi, kalsiyni oʻzlashtirilishi hamda suyak va biriktiruvchi toʻqimalarning tiklanishiga yordam beradi.

▶Gul changi – organizmning chidamliligini oshiradi, immun tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, mikroblarga qarshi taʼsir koʻrsatadi.

▶Asalari suti tarkibida — A, C, E, B guruhi vitaminlari, aminokislotalar, mineral tuzlar, kalsiy, temir, kremniy, organik kislotalarni saqlaydi. Qon tomirlarini kengaytiradi, arterial bosimni boshqaradi, hujayralarni oziqlanishini yaxshilaydi, toliqish va stressni yengishga yordam beradi, immun tizimi, hujayralar metabolizmini hamda regenerativ jarayonlarni stimullaydi. Yalligʻlanishga qarshi va adaptogen taʼsirlarga ega. Immunitetni oshiradi.

▶Deanol – MNT ni yengil stimulyatori va nootrop vosita. Deanol kognitiv faoliyatlarni yaxshilaydi, almashinuv jarayonlarini faollashtiradi, miyaning gipatalamus va boshqa sohalarida sinaptik oʻtkazuvchanlikni yaxshilaydi. Deanolni katta dozalarda qoʻllash sinaptik oxirlarda atsetilxolinning miqdorini oshiradi, xolinoretseptorlarning zichligini oshiradi.

▶Oʻstirilgan bugʻdoy maysasining yogʻi – (E vitaminining manbai) hujayra membranalari butunligini saqlanishiga yordam beradi va xujayra tuzilmalarini erkin radikallar va lipidlarning peroksidli oksidlanishi oqibatida hosil boʻlgan reaksion hususiyatga ega mahsulotlari bilan shikastlanishdan himoya qiladi. Oʻsmalarga qarshi va immunostimulyator taʼsir koʻrsatadi.

▶Saflor moyi monotoʻyinmagan yogʻ kislotalarini koʻp miqdorda saqlaydi, ular qonda yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning miqdorini (“yaxshi xolesterin”) oʻzgartirmasdan, past zichlikdagi lipoproteinlarning (“yomon xolesterin”) darajasini kamaytiradi.

▶Letsitinni tarkibiga essensial fosfolipidlar kiradi, ular hujayra membranalarining universal plastik materiali hisoblanadi. Fosfolipidlar hujayralar membranalarining tuzilishi va faoliyatini tiklanishiga yordam beradi va koʻpchilik hayot uchun muhim boʻlgan jarayonlarda qatnashadi. Letsitin jigarni surunkali gepatit, sirroz, oziq-ovqat, dorilar, alkogol va radiatsion shikastlanishlarida jigarning faoliyatini yaxshilaydi.

🔰QO’LLANILISHI 👇

— Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda gipo- va avitaminozlarni davolash va oldini olishda.

— Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi, holsizlik, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishida.

— Sogʻayish jarayonlarini tezlashtirish uchun, xususan ogʻir kasalliklar, jarrohlik operatsiyalari va radioterapiyadan keyin.

— Anemiya holatlarida qabul qilish mumkin.

— Sportchilarning jismoniy chidamliligini oshirish uchun.

—Stress oqibatlarini oldini olish uchun.

— Ayollardagi klimakterik davrda buyurish mumkin

— Erkaklar impotensiyasida , ya’ni jinsiy quvvatsizkik va bepushtlikda.

— Jinsiy yetilish davridagi vitaminlarga boʻlgan talab yuqori boʻlganida.

— Parhezga qatʼiy rioya qiluvchi shaxslar uchun muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda qabul qilish mumkin

— Sochlarni toʻkilishi va sinuvchanligida qabul qilish mumkin.

— Nevrozlar, qandli diabet, boʻgʻimlarni yalligʻlanish kasalliklari, koʻz va teri kasalliklari va boshqa surunkali kasalliklarda qabul qilish mumkin.

— Organizmning umumiy qarshiligini oshirish uchun qoʻllanadi.

💊QO’LLASH USULI VA DOZALARI 👇

Kuniga yoki kunora

1 kapsuladan nonushtadan keyin qabul qilinadi.

Tavsiya etilgan davolash kursi 2-3 haftani tashkil etadi.

Boshqa holatlarda shifokor tavsiyasi boʻyicha qabul qilish kerak.

🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇

Tavsiya etilgan dozalarda qoʻllanganida nojoʻya taʼsirlari kam rivojlanadi.

Ayrim hollarda bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, taxikardiya, allergik reaksiyalar (eshakemi) namoyon boʻlishi mumkin.

Yaqqol ifodalangan nojoʻya reaksiyalar rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak.

❌QO’LLASH MUMKINMAS HOLATLAR 👇

— Preparatning komponentlariga yuqori allergiya boʻlgan kishilarga mumkinmas.

— 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga qoʻllash mumkin emas.

🔰ADMIN MASLAHATI 👇

Polijen kapsulasini kunning birinchi yarmida qabul qilganingiz ma’qul. Chunki kunning ikkinchi yarmida qabul qilish buyurilmaydi.

❌Homiladorlik va emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi ( mumkin emas ).

💉Qo’llash — retseptsiz

💉Ishlab chiqaruvchi — Misr davlati , Buyuk Britaniya

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,,ТАБЛЕТКА » kanali

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x