POLIFOSFATLAR

POLIFOSFATLARsuperfosfat kislota (ortofosfat va polifosfat kislotalar aralashmasi) asosida olinadigan murakkab, konsentrlangan oʻgʻitlar, umumiy formulasi Mep+2 Rp O3p+1. P. tuzilishiga koʻra, chiziqli yoki halqasiz va halqali Polifosfatlarga, olinishiga koʻra, sunʼiy va tabiiy Polifosfatlarga bulinadi. Sunʼiy Polifosfatlar (ammoniyli va kaliyli Polifosfatlar) superfosfat kislota asosida olinadi. Sunʼiy Polifosfatlar tarkibida 10 va undan ortiq fosfat kislota qoldigʻi buladi. Ammoniy polifosfat (tarkibida 16 — 18% N va 58—61% suvda eruvchan R2O5) va kaliy polifosfat (48% R2O5, 26% K2O, 4% S1) ishlatiladi. Keyingi yillarda Oʻzbekistonning kimyogar olimlari sunʼiy Polifosfatlar asosida murakkab va kompleks ugʻitlarni ishlab chiqarishni yoʻlga quydilar.

Barcha tirik organizmlar tarkibida tabiiy Polifosfatlar mavjud. Adenozintrifosfat kislota ham tabiiy Polifosfatlarning vakili hisoblanadi. Halqali tabiiy polifosfatlarga inozit fosfat kislotaning Sa—Mg li tuzi — fitin moddasini misol qilib koʻrsatish mumkin. Fitin sanoat mikyosida chigit tarkibidan ajratib olinadi. Tuban usimliklar, zamburugʻlar tarkibida koʻp mikdorda Polifosfatlar uchrashi aniklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x