POLIBIY

POLIBIY (Polybios) (mil. av taxm. 201 — Megalopol, Arkadiya — mil. av. taxm. 120) — yunon tarixchisi. 40 kitobdan iborat «Umumiy tarix» asari bilan mashhur. Asar Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning mil. av. 220—146-y. lar ora-sidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini oʻz ichiga oladi. Bizgachauning 1 — 5kitoblarigina yetib kelgan. Asar daliliy maʼlumotlarga boyligi, voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alo-hida ahamiyatga ega. Mazkur asarda Oke (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) haqida, Antiox I ning Baqtriya pod-shosi Yevtidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim maʼlumotlar bor.

As: Vseobщaya istoriya v 40 kn., per. s grech. F. G. Miщyenko, t. 1-3, M„ 1890-99.

Ad.: Ahmedov B.. Oʻzbekiston tarixi manbalari, T., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x