POLIANDRIYA

POLIANDRIYA (poli… va yun andros — er) , koʻp erlilik — guruhli nikohning kamdan kam uchraydigan shakli, unda ayolning bir necha eri (odatda, aka-ukalar) boʻladi. Asosan, matriarxat davriga xos. Bu davrda har bir ayolning bir necha eri boʻlgan. Poliandriyada xotinlar erkin er tanlaganlar, er-xotinlik, oila turgʻun boʻlmagan. Poliandriyaning asosiy shakllari:

1) bir urug avlodlari Poliandriyasi (bir urugʻ aʼzolari boʻlgan erkaklar bir ayol yoki ayollar) ga er boʻladi;

2) aka-uka (tugʻishgan birodarlar) Poliandriyasi (aka-uka boʻlgan bir necha erkak bir ayolga er boʻladi). Aka-uka Poliandriyasida katta akaning xotini hamma ukalariga xotin boʻladi. Tugʻilgan bolalar hamma otalarniki hisoblanadi. Oilaga tegishli yer va mulk bolalarning eng kattasiga meros boʻlib qoladi. 19-a. da aleutlarda va eskimoslarning ayrim guruxlarida mavjud boʻlgan; keyinchalik Shim. Hindiston va Tibetdagi ayrim etnografik guruxdarda saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x